Xavfsizlik va O‘zbekiston bo‘ylab sayohatlarning o‘ziga xos jihatlari

O‘zbekistonning turizm salohiyati Misrda targ‘ib qilinadi

26.09.2023 804

O‘zbekiston zamini azaldan nafaqat go‘zal tabiati va boy an’analari, balki dunyo tamadduniga ulkan hissa qo‘shgan allomalari bilan ham mashhur bo‘lib kelgan. IX asrda, bundan 12 asr avval Ahmad Farg‘oniy Qohira shahri yaqinida qurdirgan nilometr – Misrdan oqib o‘tuvchi Nil daryosining sathini yuqori aniqlikda o‘lchaydigan asbob hozirgi kunda ham misrliklarga xizmat qilib kelmoqda, buyuk vatandoshimiz o‘ylab topgan usuldan esa hozirda Jahon metrologiya tashkilotiga a’zo bo‘lgan davlatlarning barchasi foydalanadi.

Misrda mamlakatimizning turistik va madaniy jozibadorligini keng targ‘ib qilish, dunyo hamjamiyatini Toshkent, Samarqand va Buxoro shaharlarining ziyorat turizmi salohiyati bilan yaqindan tanishishtirish maqsadida joriy yilning 15-21-sentyabr kunlari Qohiradagi nilometr gidi va mas’ul shaxslarining O‘zbekistonga tashrifi tashkil etildi.

Mehmonlar Toshkent shahrida joylashgan O‘zbekiston amaliy san’at va Temuriylar tarixi davlat muzeylari, Mustaqillik va Amir Temur maydonlari hamda Chorsu bozoriga mas’ul shaxslar hamrohligida tashrif buyurib, tasvirga olish ishlarini amalga oshirdilar hamda buyuk ajdodlarning avlodlari yashab kelayotgan ona yurtimizdan ulkan taassurotlar oldilar.

Izoh

0

Izoh qoldirish

Fikr qoldirish uchun siz ijtimoiy tarmoqlar orqali kirishingiz kerak:


Tizimga kirish orqali siz qayta ishlashga rozilik bildirasiz Shaxsiy malumot

Shuningdek, oʻqing